Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
NATO Rossiyaning sakkiz nafar diplomatini chiqarib yubormoqda
18:16 / 2021-10-07

Shimoliy alyans sakkiz nafar rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishga qaror qildi, deb xabar tarqatdi Sky News telekanali muharriri Debora Xeyns Twitterda.

"NATO Rossiyaning alyans qoshidagi missiyasini yarmiga qisqartirishga qaror qildi, bunga Rossiya go‘yo dushmanlarcha faoliyat olib borayotgani, jumladan, qotillik va josuslik qilayotgani sabab bo‘lgan", — deb yozdi u.

Uning aytishicha, bu yerda gap e’lon qilinmagan razvedka xodimlaridan iborat diplomatlar haqida bormoqda, deyiladi xabarda. Yana ikki lavozim qisqartiriladi, natijada missiyada avvalgi 20 nafar xodim o‘rniga 10 kishi qoladi.

Xabarda ta’kidlanishicha, rossiyaliklar oktyabr oyining oxirigacha ketishi kerak.

RIA Novostining yozishicha, alyansdagilar ushbu siyosat kelgusida ham izchillik bilan olib borilishini ma’lum qilgan.

NATO 2018 yilda ham rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborgandi. O‘shanda ushbu harakat Skripal ishi bo‘yicha amalga oshirilgandi. Shundan keyin Rossiya vakolatxonasida 20 kishi qolgandi.