English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
NATO qo‘shinlari Afg‘onistonni bu yil tark etadimi?
12:06 / 2021-02-15

NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning ta’kidlashicha, Afg‘oniston missiyasi bo‘yicha alyansning qaror qabul qilishi oson bo‘lmaydi.

Bunday qarorni qabul qilishda qo‘shinlar olib chiqilgandan keyin mamlakat terrorchilar yashirinadigan hududga aylanshi ehtimolini hisobga olish zarur bo‘ladi.

"Biz qolish va harbiy amalyotlarni davom ettirishimiz yoki Afg‘onistonni tark etishimiz mumkin. Lekin bu qarorimiz mamlakatning terrorchilar yashirinadigan hududga aylanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu yerda oson tanlov yo‘q", – dedi Stoltenberg Welt am Sonntag nashriga bergan intervyusida.

Uning ta’kidlashicha, “NATOga a’zo birorta ham mamlakat Afg‘onistonda keragidan ortiq muddatga qolishni istamaydi".

Xabarda ta’kidlanishicha, yaqin kunlarda NATO ga a’zo mamlakatlar va AQSHning yangi ma’muriyati o‘rtasida vazirlar darajasida ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvda ittifoqchilar NATOning Afg‘onistonda bo‘lib turishi bilan bog‘liq masalani muhokama qilishi kutilmoqda.