NATO qarorgohida Shvetsiya bayrog‘ini ko‘tarish marosimi bo‘lib o‘tadi
Bugun Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO)ning Bryusseldagi qarorgohida ittifoqqa qo‘shilishi munosabati bilan Shvetsiya Qirolligi bayrog‘i ko‘tarilishi marosimi bo‘lib o‘tadi.
“Kazinform” yozishicha, mahalliy vaqt bilan soat 11:00da NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg va Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristersson ishtirokida qo‘shma matbuot bayonoti rejalashtirilgan.
Joriy yil 7-mart kuni Shimoliy Atlantika alyansiga kirish to‘g‘risidagi rasmiy hujjatni Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumatiga topshirgandan so‘ng, Shvetsiya NATOning 32-a’zosiga aylandi.
Bayroq ko‘tarish tadbiri mahalliy vaqt bilan 12:00 da boshlanadi.