NATO kuchlarini Sharqiy Yevropaga ko‘chirilishiga izoh berildi
Shimoliy Atlantika alyansi Rossiya aholisi mintaqadagi qurolli ziddiyat manfaat keltirmasligini tushunishi uchun o‘z kuchlarini Sharqiy Yevropaga ko‘chiradi.
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg “Moskva sadosi”ga bergan intervyusida alyans kuchlarining Rossiya chegarasiga ko‘chirilishini shu tarzda izohladi.
“NATO amalda xolis bo‘lib muzokaralar stoli tegrasida o‘tirishga tayyor. NATO Yevropada qurolli ziddiyat bo‘lishini istamaydi”, dedi Stoltenberg jurnalistga.
Ayni paytda bosh kotib, NATO Rossiya tomonidan Ukrainaga qanchalik tahdidni ko‘rsa, alyans harbiylari Sharqiy Yevropa tomon shunchalik darajada yaqinlashib borishini ta’kidlagan.