NATO Bosh kotibi Ukraina nizosi muzlatilishi bo‘yicha fikr bildirdi
NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bayonot berishicha, Ukrainada o‘rnatiladigan adolatli tinchlik mojaro muzlatib qo‘yilishini anglatmaydi.
“Barchamiz urush tezroq yakunlanishini xohlaymiz, biroq adolatli tinchlik mojaro muzlatilishi va Rossiya tayyorlagan kelishuv qabul qilinishini anglatmaydi”, – dedi u Germaniyada kansler Olaf Shols bilan birga o‘tkazgan matbuot anjumanida.
Uning ta’kidlashicha, alyans Kiyevni qancha zarur bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlamoqchi.
– Qarshi hujum davom etyapti, – dedi Stoltenberg.
– Qancha ko‘p hududni egallasa, Ukrainaning muzokara davrasidagi pozitsiyasi shuncha kuchli bo‘ladi.