Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
NATO bosh kotibi G‘arbni Ukrainani uzoq muddat qo‘llab-quvvatlash uchun tayyorlanishga chaqirdi
12:37 / 2023-03-23

Bunga sabab sifatida bosh kotib Yens Stoltenberg urushning tinch yo‘l bilan hal etilishi istiqbolini ko‘rmayotganini ta’kidladi.

U Britaniyada chiqadigan Guardian gazetasiga bergan intervyusida  Rossiya Prezidenti Vladimir Putinda Ukraina  bo‘yicha  tinchlik rejasi yo‘qligini ta’kidladi. “Shunday ekan, AQSH, Birlashgan Qirollik, Fransiya, Germaniya va boshqa g‘arb mamlakatlari Ukrainani uzoq muddat mobaynida qurol-yarog‘lar va ehtiyot qismlar  bilan ta’minlashga tayyorlanishi kerak”, - deyiladi mazkur nashr bergan xabarda.  

Alyans bosh kotibining fikricha, Xitoyning vositachilik sa’y-harakatlari Kiyev pozitsiyasini tushunishga va Vladimir Zelenskiy bilan bevosita hamkorlik qilishga qaratilgan harakatlari bilan birga olib borilishi kerak.  

“Stoltenberg Pekin hali ham Rossiya bosqinini qoralamaganidan shikoyat qildi”, - deb yozgan gazeta.  

Xitoy hukumati fevral oyida o‘zining tinchlik rejasini taklif qilgan edi. Ushbu reja 12 bo‘limdan iborat bo‘lib, o‘t ochishni to‘xtatish, barcha mamlakatlarning xavfsizlik sohasidagi manfaatlarini hurmat qilish, Ukranada gumanitar inqirozni bartaraf qilish masalalarini o‘z ichiga olgan.