English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
NATO: Biz mo‘’jiza kutmayapmiz
14:54 / 2024-01-19

NATO Ukrainadagi vaziyatga pessimistik baho bermaslikka chaqiradi, ammo mo‘jizalar kutilmasligidan ham ogohlantirmoqda. Rossiyaning Ukrainaga qilgan so‘nggi hujumlari samarali emas, - deb hisoblanmoqda.

Shimoliy Atlantika alyansi davlatlarining oliy harbiy rahbarlari Ukrainadagi vaziyatni batafsil o‘rganib chiqdi. 

“2023 yilda dunyoda juda optimistik ruh hukmron bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Lekin 2024 yilda pessimistik ruh bo‘lmasligi muhim”, degan NATO harbiy qo‘mitasi raisi Rob Bauer Bryusselda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Uning ta’kidlashicha, Rossiyada ham, Ukrainada ham “hozir vaziyat u yoki bu yo‘nalishda unchalik siljimaydigan bosqichda”.

“Rossiyaning Ukrainaga qilgan so‘nggi hujumlari halokatli bo‘lishiga qaramay, ular harbiy jihatdan samarali deb bo‘lmaydi va ruslar o‘zlarining hech qanday strategik maqsadlariga erisha olmadilar”, degan u.

NATO ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi ikki yil ichida Rossiyadan Ukrainaga o‘tkazilgan quruqlikdagi qo‘shinlar soni ko‘paygan, ammo ularning tayyorgarlik darajasi juda past. “Ular juda ko‘p tanklar, zirhli texnikalar, samolyotlar, vertolyotlarni yo‘qotdilar. Ularning bir qismini qayta tiklamoqdalar, lekin ularning ko‘pi eskirgan modellar”, - degan  Bauer.

Alyans ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning raketa salohiyati o‘sib bormoqda. 

“Rossiya harbiy havo kuchlari, dengiz floti, kosmik va kiber qobiliyatlariga keladigan bo‘lsak, ko‘plab yo‘qotishlarga qaramay, ular hali ham jangovar holatda”, - degan Bauer qo‘shimcha qilib.

Alyansning fikricha, Rossiya harbiy salohiyatini tiklashga sanksiyalar, moliyaviy muammolar va zamonaviy qurollarni ishlab chiqarish quvvatlarining yetarli emasligi to‘sqinlik qilmoqda. 

O‘z navbatida, Natoning Yevropadagi bosh qo‘mondoni Kristofer Kavoli Rossiya Federatsiyasi o‘z byudjetining katta qismini harbiy ehtiyojlarga ajratayotgani va mudofaa sanoat bazasini iloji boricha tezroq ishga tushirayotganini ta’kidlagan.

Shu bilan birga, Bryussel Rossiyaning 300 ming askari halok bo‘lgani va yaralanganini, minglab yo‘q qilingan rus tanklari va zirhli texnikalarini, yuzlab samolyotlarini Ukrainaning muvaffaqiyati sifatida sanab o‘tgan. 

“Ukrainaliklar o‘z yerlarining salmoqli qismini ozod qilishga muvaffaq bo‘lishdi, ruslarni urush boshida bosib olgan 50 foizga yaqin hududdan siqib chiqarishdi. Yana bir afzallik shundaki, ukrainaliklar Rossiyaning asosiy kuchlari va aktivlarini yo‘q qilib, chuqur zarba bera oldilar. Ukraina haqiqiy dengiz flotiga ega bo‘lmagan holda Rossiya Qora dengiz flotini siqib chiqarib, “don yo‘lagi”ni ochishga muvaffaq bo‘lganligi yana bir katta muvaffaqiyatdir”, - deya xulosa qiladi Bauer.

K.Bekjonov tayyorladi, O‘zA