NATO alyans Rossiyaning Yevropa xavfsizligiga dahl qilmaydigan takliflariga rozilik berishga tayyorligini ma’lum qildi
NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning bayonotiga ko‘ra, alyans Rossiyaning Yevropa xavfsizligi va ittifoqchilar suverenitetiga dahl qilmaydigan qator takliflariga rozilik berishga tayyor.
Matbuot anjumanida u: “Biz muloqotga ochiqligimiz, ko‘p masalalarni muhokama qilish mumkinligini aytdik, lekin alyans a’zoligiga qabul qilish huquqi bo‘yicha asosiy prinsipimizdan voz kecha olmaymiz”, dedi bosh kotib.
Bundan tashqari, Stoltenberg NATO yevropalik ittifoqchilar va alyans bo‘yicha hamkorlar manfaatini himoya qilishni o‘z zimmasidan soqit qilmasligini aytdi.