Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
National Interest Rossiyaning gʻalla eksportini cheklash haqidagi qaroridan xavotir olmoqda
15:45 / 2020-07-19

Rossiya gʻalla eksportini cheklashni “siyosiy qurol” sifatida foydalanishi mumkin, bu xavotir uygʻotadi, deb yozmoqda National Interest.


Rossiya gʻalla eksportini cheklashni “siyosiy qurol” sifatida foydalanishi mumkin, bu xavotir uygʻotadi, deb yozmoqda National Interest.

Maqola mualliflarining yozishicha, Rossiya 2028-yilga borib jahon bugʻdoy eksportining 20 foizini nazorat qilishi mumkin, iqlimning global isishi natijasida esa, u “bugʻdoy eksport qiluvchi davlatlar” orasida eng kuchlisiga aylanadi.

National Interestning fikricha, iqlim oʻzgarishlari ekin maydonlarining kengayishi bilan bir qatorda yomon oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Masalan, oʻrmon yongʻinlari yoki qurgʻoqchilik nafaqat tez-tez yuz beradi, balki yana-da vayronkor boʻlishi ehtimoli bor. Boshqa tomondan olib qaraganda, global isish boshqa davlatlarni Rossiya eksportiga qaram qilib qoʻyishi mumkin. Chunki iqlim oʻzgarishlarining salbiy oqibatlari bugʻdoy import qiluvchi mamlakatlarni Rossiya qarshisida ojiz qilib qoʻyadi.

Jurnalning yozishicha, Rossiya bugʻdoyini import qiluvchi Turkiya, Misr va Bangladesh kabi mamlakatlar bugʻdoy zaxirasini toʻldirish uchun shoshilinch ravishda boshqa manbalarni qidirishga tushgan.

Nashrning taʼkidlashicha, oziq-ovqat xavfsizligi har bir davlat hukumatining birinchi galdagi muhim vazifasi. Biroq, hatto 2010-yildagi qurgʻoqchilikda bugʻdoy eksportiga kvota joriy qilinganda ham, Rossiyada katta miqdorda gʻalla zaxirasi qolgandi. Oʻn yil avval ushbu chora butun dunyoda oziq-ovqat narxlarining oshib ketishiga sabab boʻldi, deb yozadi mualliflar.

“Bundan ham xavotirli joyi shundaki, gʻalla eksportining krizis davrida cheklanishi, Rossiyaga siyosiy bosim oʻtkazish imkonini beradi. Yaʼni, Rossiya gʻalla eksportini iqlim oʻzgarishi tufayli oʻzlarini oziq-ovqat bilan taʼminlay olmay, import qilishdan boshqa chorasi qolmagan mamlakatlarga bosim oʻtkazish quroli sifatida qoʻllashi mumkin”, — deyiladi maqolada.

Koronavirus pandemiyasi sababli Rossiya 2010-yildan buyon birinchi bor jahon bozoriga gʻalla eksportini toʻxtatdi. Mamlakat qishloq xoʻjaligi vazirligidan maʼlum qilinishicha, ushbu choralar mamlakatning gʻalla va undan tayyorlanadigan mahsulotlarga boʻlgan ichki ehtiyojini taʼminlash uchun amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, vazirlik cheklash mamlakatning oziq-ovqat dasturiga hamda 2020-yilgi gʻalla eksporti koʻrsatkichlariga ham salbiy taʼsir koʻrsatmaydi, demoqda.