English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Natijalar va kelgusi vazifalar tahlili
11:17 / 2014-07-23

Toshkent viloyati faollarining joriy yil birinchi yarmida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent viloyati faollarining joriy yil birinchi yarmida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda Vazirlar Mahkamasining shu yil 17-yanvardagi majlisida Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan 2014-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi vazifalarning bajarilishiga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimi A.Usmonov boshqargan yig‘ilishda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, sanoat sohasini modernizatsiya qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, maqsadli dasturlar ijrosi, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilgani ta’kidlandi.

Hisobot davrida viloyatda yalpi hududiy mahsulotning o‘sish sur’atlari 7 foizni tashkil etdi. Jumladan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 6,8 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish 7, qurilish 5,2, chakana savdo aylanmasi 12,8, pullik xizmatlar ko‘rsatish hajmi 14,2 foiz o‘sdi. 

Mahalliylashtirish dasturi doirasida jami 32,1 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, xizmat ko‘rsatish sohasini yanada rivojlantirish maqsadida ko‘plab yangi obyektlar ishga tushirildi. 

Prezidentimiz Islom Karimovning 2013-yil 12-iyuldagi "2013-2015-yillarda Toshkent viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida umumiy qiymati 45 million AQSh dollari bo‘lgan 37 loyiha ishga tushirildi.

Hududiy investitsiya dasturi doirasida 33,7 million dollarlik xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Bekobod shahri, Oqqo‘rg‘on, Bo‘stonliq, Quyi Chirchiq, Chinoz va Bekobod tumanlarida xorijiy investitsiya kiritilmagani qayd etildi.

Yig‘ilishda qishloqlarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurish, iqtisodiyot tarmoqlari hamda ishlab chiqarish infratuzilmasi, uy-joy fondi va ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Yilning o‘tgan davrida erishilgan ijobiy ko‘rsatkichlar bilan birga, yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi. 

Toshkent viloyati faollari yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.Azimov so‘zga chiqdi.