French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nasos stansiyasi yangilandi
09:33 / 2025-12-06

“Osiyo tiklanish va taraqqiyot banki” loyihasi asosida “Amu-Buxoro” irrigatsiya tizimlarini qayta tiklash ishlari doirasida “Amu-Buxoro-1”, “Amu-Buxoro-2” nasos stansiyalarini realizatsiya va modernizatsiya qilish ishlari amalga oshirildi.

Yangi “Amu-Buxoro-1” nasos stansiyasi qurilishiga Xitoy Xalq Respublikasining “China National Technical Import and Export Corporation” kompaniyasi tomonidan “CNTIC” pudratchi tashkilot sifatida bunyodkorlik ishlariga jalb qilingan edi. Hozirga kelib umumiy qiymati 82 million 960 ming AQSH dollariga moliyalashtirilgan mazkur yangi nasos stansiyasi qurilish ishlari to‘liq yakunlandi. 

Yangi nasos stansiyasida 8 dona, har birining quvvati 11,25 metr sekund bo‘lgan yuqori unumli nasos agregatlari o‘rnatildi. Bu sa’y-harakat natijasida nasos stansiyasining umumiy suv chiqarishi 90 metr sekundga yetkazildi hamda stansiya energiya tejamkor asbob-uskunalar bilan jihozlandi. 

Zarif Komilov, O‘zA