Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Naslli qoramol boqish yuqori daromad keltiradi
12:34 / 2023-05-31

Andijon viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi hamda Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi “Sofiya sulton” fermer xo‘jaligi hamkorligida qoramollarni sun’iy urug‘lantirish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga doir seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda sun’iy urchitishdagi fan yutuqlarini ishlab chiqarishga tatbiq etish, naslli buqa urug‘ining sifatini aniqlash masalalari muhokama etildi. Seminar davomida fermerlar va texnik osemenatorlar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi.

– Viloyat bo‘yicha joriy yilda Chorvachilik dasturiga asosan veterinariya uchastkalarida 150 ming boshdan ortiq qoramollarni sun’iy urug‘lantirish vazifasi belgilangan edi, – deydi Andijon viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Dilmurod Qayumov. – Shu kunigacha 60 ming 451 bosh sigir va urg‘ochi tanalar sun’iy urug‘lantirildi va olti oylik reja 72 foizdan ortiqqa bajarildi.

Tadbirda xorijdan olib kelingan naslli buqalar katalogi bilan tanishtirilib, fermerlar va mutaxassislarga to‘liq ma’lumot berildi.

O‘zA