Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Naslchilik xoʻjaliklari maqomini berish tartibi takomillashtirildi
17:55 / 2020-06-19

Keyingi yillarda mamlakatimizda chorvachilikni rivojlantirish, naslli qoramol zotlarini parvarishlash borasida xorij tajribasini chuqur oʻrganish va joriy etishga alohida eʼtibor qaratila boshlandi.

Munosabat

Keyingi yillarda mamlakatimizda chorvachilikni rivojlantirish, naslli qoramol zotlarini parvarishlash borasida xorij tajribasini chuqur oʻrganish va joriy etishga alohida eʼtibor qaratila boshlandi.

Veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohalarini bir tizimga birlashtirish orqali mamlakatimizda chorva mollari bosh sonini koʻpaytirish, mahsuldorligini oshirish hamda naslini yaxshilashga erishilmoqda. Pirovard natijada esa respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga mustahkam zamin yaratilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-fevraldagi “Naslchilik xoʻjaliklari maqomini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori ham bu borada muhim dasturilamal vazifasini bajaradi.

Mazkur hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasining “Naslchilik toʻgʻrisida”gi qonuni, Prezidentimizning 2019-yil 15-fevraldagi “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini yana-da kompleks rivojlantirish choralari haqida” va 2019-yil 28-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq naslchilik xoʻjaliklari maqomini berish tartibi tizimli ravishda belgilandi.

Jumladan, yangi nizomda Oʻzbekistonda naslchilik xoʻjaliklari maqomini berish tartibi joriy qilinmoqda. Naslchilik xoʻjaliklari maqomi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi “Oʻzbekchorvanasl” agentligi tomonidan beriladi. Oʻz navbatida, bu boʻyicha hududiy davlat attestatsiya komissiyalari va ularning faoliyati tashkil etiladigan boʻldi.

Zarur hollarda komissiya iltimosiga koʻra naslchilik xoʻjaliklari maqomining toifalari boʻyicha muayyan malakaga ega boʻlgan mutaxassislar yoki olimlar shartnoma asosida vakolatli organ tomonidan komissiya ishiga ekspert sifatida jalb qilinishi mumkin. Endi talabgorlar naslchilik xoʻjaligi maqomini olish uchun hududiy “Chorvanasl” markaziga ariza taqdim etishi mumkin. Shu orqali ularga belgilangan talab asosida guvohnoma beriladi.

Bu bir qarashda oddiy koʻrinsada, aslida sohadagi muhim oʻzgarishlarga zamin yaratadi. Ishonamizki, mazkur huquqiy tartibning amaliyotga joriy qilinishi veterinariya va naslchilik-seleksiya sohalari har tomonlama rivojlanishi, innovatsiya ishlanmalari natijalari amaliyotga joriy etilishini taʼminlaydi.

Shuhrat JABBOROV,
Veterinariya va chorvachilikni
rivojlantirish davlat qoʻmitasi
raisining birinchi oʻrinbosari.