French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nashriyotlar kitob savdosiga sodiq
21:26 / 2022-05-18

Hamkorlarimiz sahifalarida

Xalqaro noshirlar assotsiatsiyasi (IPA) prezidenti Shayxa Bodur Al Qosimiy Sharjada bo‘lib o‘tgan noshirlar birinchi Xalqaro konferensiyasida 56 mamlakatdan kelgan kitob sotuvchi o‘z yurtlarida kitobxonlik madaniyatini oshirish yo‘lida yolg‘iz emasliklarini ta’kidladi. Bu haqda “WAM” axborot agentligi xabar berdi.

- Nashriyotlar sizni bu missiyada qo‘llab-quvvatlaydi, - dedi Shayxa Bodur Al Qosimiy. – Biz afrikaliklarning “Yolg‘iz tezroq yurish mumkin, ammo birgalikda ilgarilab odimlaymiz” mazmunidagi maqoliga amal qilamiz.

IPA prezidenti Sharja kitoblar boshqarmasi (SBA) qarorgohida bo‘lib o‘tgan 13-Sharja bolalar o‘qish festivali (SCRF) doirasidagi ikki kunlik konferensiyaning ochilish marosimida asosiy ma’ruza bilan chiqish qildi.

Anjuman 385 nafar noshir, distribyutor, nashriyot mutaxassisi va biznes-maslahatchini kitob savdosiga oid joriy va kelgusi tendensiyalarni muhokama qilish, kitob biznesi ekotizimini mintaqaviy hamda global miqyosda rivojlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish yo‘llarini o‘rganish maqsadida birlashtirdi.

“Kitob sotuvchi kitobxonni jalb qilish, uni kitob bilan siylashga doir ijobiy usullarni topishda mohir ekanini bilaman. Mutolaa shinavandalarining doimiy o‘zgaruvchan ehtiyoji va hatti-harakati, shuningdek, kundalik hayotda o‘sib borayotgan raqamli chalg‘itish sharoitida sizning sa’y-harakatingiz yanada dolzarb ahamiyat kasb etadi. Global pandemiya boshlangandan beri hamkorlik va hamjihatlik murakkab muammolarga chidamliligimizni ta’minlashning yagona muhim tarkibiy qismi bo‘lib kelmoqda”, deya qo‘shimcha qildi Shayxa Bodur.

Mehmonlar va ishtirokchilarni qutlarkan, SBA raisi Ahmad bin Roqqad Al Amiriy shunday dedi: “Ilk konferensiyani tashkil qilish orqali biz muloqot va almashinuv platformasini taklif qilamiz. Biz barcha dasturlar va tashabbuslar nufuzli xalqaro profilga ega mustahkam madaniy poydevor asosiga qurilgani, ijodkorlarni sharaflash va nashriyot sektori infratuzilmasiga sarmoya kiritish orqali madaniy harakatni rivojlantirishga yordam berishini tasdiqlaymiz”.

Muharrama Pirmatova tayyorladi, O‘zA