Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nashriyot bosh muharririning huquqiy maqomi belgilanmoqda
17:52 / 2025-07-07

Bugungi kunda noshirlik faoliyatining zamonaviy infratuzilmasini yaratish yo‘lida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, ushbu sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish, hususan, kitoblarda qonunchilik va ijtimoiy axloqqa zid ma’lumotlar, noto‘g‘ri faktlar chop etilishining oldini olish maqsadida nashriyot bosh muharririning huquqiy maqomini va mas’uliyatini qonunchilikda belgilash zarurati yuzaga kelmoqda.

Shu bois, bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur qonun loyihasi parlament quyi palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida ko‘rib chiqildi.

– Amaldagi qonunda bosh muharrirlarga bo‘lgan talab aniq belgilanmagan. Bu so‘nggi yillarda chop etilayotgan kitoblarda axloqqa zid ma’lumotlar ko‘payishiga sabab bo‘lyapti, – dedi fraksiya a’zosi Zuhra Mirg‘oziyeva. – Ushbu qonun loyihasi bilan “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga nashriyotlar mas’uliyatini oshirish, nashriyot bosh muharririning huquqiy maqomini belgilash va kitobxonlik madaniyatini rag‘batlantirishga qaratilgan qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritilmoqda. Qonun loyihasi bosh muharrirning huquqiy maqomini belgilashga, nashr etilayotgan kitoblarning sifati oshishiga, xuquqiy, ma’naviy-ma’rifiy va estetik talablarga mos kelmaydigan adabiyotlar chop etilishining oldini olishga, adabiyotlardagi tarixiy, ilmiy va ommaviy ma’lumotlar yanada aniq va ishonchli bo‘lishiga, kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan.

Partiya dasturiy vazifalariga hamohang bo‘lgan mazkur qonun loyihasi qizg‘in muhokama qilindi, qo‘llab-quvvatlandi.

Muhtarama Komilova, O‘zA