“Nasaf”ning OCHLdagi raqiblari aniqlandi
Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Elit Osiyo chempionlar ligasiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda “Nasaf” o‘z raqiblarini bilib oldi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, "Nasaf" o‘z maydonida "Traktor", "Al-Shorta", “Al-Hilol" va "Al-Vahda", safarda "Shabab Al-Ahli, "Al-Ahli", "Sharja" hamda "Al-Ittihod" jamoalari bilan raqobatlashadi.

Musobaqa 15 sentyabrda start oladi va keyingi yilning 25 apreliga qadar davom etadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA