Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Nasaf”ning OCHL musobaqasidagi raqibi aniq bo‘ldi
16:31 / 2026-01-15

OFK Ayollar chempionlar ligasi chorak final bahslari uchun qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Unga ko‘ra, "Nasaf" jamoasi Avstraliyaning "Melburn Siti" jamoasi bilan to‘qnash keladi.

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, chorak final bahsi bitta o‘yindan iborat bo‘ladi va 28-29 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Agar "Nasaf" chorak finalda g‘alaba qozonsa, 20-23 may kunlari o‘tadigan 4 jamoa ishtirokidagi final bosqichiga yo‘l oladi va o‘yinlarni o‘z maydonida o‘tkazish huquqiga ega chiqadi.  

Darvoqe, musobaqa g‘olibi FIFA tashkilotining yangi tashkil qilingan ayollar o‘rtasidagi Klublar Jahon chempionatiga yo‘llanma bilan birga 1 million AQSH dollar mukofot puliga sazovor bo‘ladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA