Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 16-turi o‘z nihoyasiga yetdi. Turning so‘nggi kunida “Andijon” – “Qo‘qon-1912” 3:0, “Sho‘rtan” – “Xorazm” 1:3, “Surxon” – “Qizilqum” 0:0 natijalari qayd etildi.
Shu tariqa, 17-tur oldidan “Nasaf” ochkolarini 36 taga yetkazib, jadvalda yaqqol peshqadamga aylandi. Qizig‘i, “Bunyodkor”, “Neftchi”, OKMK va “Dinamo” jamoalari bir xil - 30 ochko to‘plab, gollar nisbatiga ko‘ra kuchli beshlikka joylashdi.
Ular ortidan “Paxtakor” 29, “Navbahor” 27 ochko bilan 6-7-o‘rinlarda qayd etildi. “Anjidon” 20, “Surxon” 19, “Qizilqum” 18 ochko jamg‘arib, kuchli o‘nlikni yakunlab berdi.
Shuningdek, “Xorazm” 17, “So‘g‘diyona” 16, “Mash’al” 15, “Buxoro” 13 “Qo‘qon-1912” 12 va “Sho‘rtan” 9 ochko bilan 11-16-o‘rinda qoldi.
O‘tgan 16 tur mobaynida “Paxtakor” jamoasi a’zosi Igor Sergeyev 11 ta gol urgan holda to‘purarlik qilayotgan bo‘lsa, “Neftchi” klubi vakili Alisher Odilov 8 ta to‘p uzatmasini amalga oshirib, assistentlar orasida birinchi bo‘lib turibdi.
Milliy chempionatimizning 17-tur uchrashuvlari 5-8 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA