Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Nasaf” O‘zbekiston Superkubogi sohibi bo‘ldi
10:56 / 2025-05-28

Qarshi shahrining “Nasaf” klubi futbol bo‘yicha joriy mavsumdagi O‘zbekiston Superkubogining sohibiga aylandi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida o‘tkazilgan Superkubok bahsida “Nasaf” – “Andijon” jamoalari o‘zaro raqobatlashdi. Shiddatli o‘tgan o‘yinning 72-daqiqasida Sherzod Nasrullayevga nisbatan Usmonali Ismonaliyev tomonidan qoida buzildi va bosh hakam Ilgiz Tantashev “Andijon” darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasini belgiladi. Ushbu vaziyatdan Husayn Norchayev muvaffaqiyatli foydalandi va mazkur gol o‘yin so‘ngiga qadar yagonaligicha qoldi.

Shu tariqa “Nasaf” faoliyati davomida to‘rtinchi marotaba Superkubok g‘olibiga aylandi hamda mamlakatimizda mazkur sovrinni eng ko‘p yutgan jamoaga aylandi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA