Kuni kecha Osiyo chempionlar ligasining II musobaqasida guruh bahslarida birinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning «D» guruhidan o‘rin olgan Qarshining «Nasaf» klubi safarda Quvaytning «Quvayt SK» jamoasiga qarshi maydonga tushdi. «Jaber Al Ahmad» stadionida o‘tgan bahsda hisob ochilmadi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Mazkur guruhning ikkinchi o‘yinida «Shabab Al Ahli» (BAA) jamoasi Dubay shahrida joylashgan «Al-Rashid» stadionida «Al Husayn» (Iordaniya) klubini 3:1 hisobida taslim qildi.
Shu tariqa, «D» guruhida «Shabab Al Ahli» 3 ochko bilan peshqadamga aylanib olgan bo‘lsa, «Nasaf» va «Quvayt SK» klublari 1 ochko bilan ikkinchi hamda uchinchi pog‘onadan joy oldi. «Al Husayn» esa mag‘lubiyat natijasida so‘nggi o‘rinda qoldi.
Endi 2 oktyabr kuni «Nasaf» o‘z maydonida «Shabab Al Ahli»ni qabul qilsa, «Quvayt SK» safarda «Al Husayn» bilan raqobatlashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA