«Nasaf» Osiyo chempionlar ligasidagi yurishini boshlaydi
Xabaringiz bor, Qarshining «Nasaf» klubi Osiyo chempionlar ligasi II musobaqasining «D» guruhida «Shabab Al Ahli» (BAA), «Al Husayn» (Iordaniya) hamda «Quvayt SK» (Quvayt) klublariga qarshi bahs olib boradi. Mazkur musobaqada «Nasaf» ilk o‘yinini bugun Quvaytning «Quvayt SK» jamoasiga qarshi boshlaydi. Safarda o‘tadigan o‘yin mamlakatimiz vaqti bilan soat 21:00 da start oladi.
Mazkur uchrashuvni eronlik Payam Xeydari bosh hakam sifatida boshqaradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Farhad Moravveji va Farhad Farhadpur yordam beradi. Quvaytdagi «Jaber Al Ahmad» stadionida o‘tadigan bahsda «Nasaf» to‘liq qizil rangli libosda, "Quvayt SK" esa oq rangli libosda o‘ynaydi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA