Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Nasaf” “OKMK”dan 9 ochko oldinga o‘tib ketdi
07:06 / 2024-09-24

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 19-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv “Nasaf“ va “OKMK” jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi.

Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionida tashkil etilgan mazkur o‘yinda mezbonlar vakili Javohir Siddiqov 9- va 42-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qildi va “Nasaf”ning muhim o‘yindagi g‘alabasini ta’minladi.  

 Kutilganidek, ushbu uchrashuvda eng yaxshi futbolchi deya Javohir Siddiqov e’tirof etildi.  

 Shu tariqa, 19-tur bahslari yakunlandi va musobaqa jadvalida “Nasaf” 44 ochko bilan yaqqol peshqadamga aylanib oldi hamda eng yaqin ta’qibchisi bo‘lgan “OKMK” klubidan 9 ochko oldinga o‘tib ketdi. Buning natijasida “Nasaf” bu yilgi Superliga bahslarida deyarli chempionga aylandi.  

 Musobaqa jadvalida uchinchi o‘rinda borayotgan “So‘g‘diyona” hisobida ayni damda 32 ochko bor. Bu yilgi mavsumda hamon o‘z o‘yinini topa olmayotgan “Paxtakor” bu turni 29 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onada tugatdi.  

“Neftchi” esa 28 ochko bilan 5-o‘rindan joy oldi. “Navbahor” safardagi g‘alaba evaziga ochkolarini 26 taga yetkazib olgan bo‘lsa, “Surxon” kutilmagan mag‘lubiyatdan so‘ng 25 ochko to‘plab, 7-pog‘onada qoldi. “Dinamo” (23 ochko), “Olimpik” (21 ochko), “Andijon” (20 ochko) klublari esa kuchli o‘nlikni yakunladi. “Qizilqum” esa 20 ochko bilan 11-pog‘onada qayd etildi.  

 Bu turdan so‘ng “Lokomotiv” va “Bunyodkor” bir xil - 18 ochko bilan 12-13-o‘rinda bormoqda. Bu mavsumni o‘ta omadsiz o‘tkazayotgan “Metallurg” jamoasi nihoyat ilk g‘alabasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, 14 ochko bilan hamon so‘nggi o‘rinda bormoqda.  

 Hozirda “So‘g‘diyona” jamoasi a’zosi Lyupcho Doriyev 10 ta gol urib, Superliga to‘purari bo‘lib turibdi. Uni “Paxtakor” jamoasi sardori Dragan Cheran 9 ta gol bilan ta’qib etmoqda. Shuningdek “Dinamo” a’zosi Anvarjon Hojimirzayev va “Navbahor” hujumchisi Toma Tabatadze 8 ta gol bilan keyingi o‘rinlarda bormoqda.  

 O‘zbekiston Superligasining 20-tur uchrashuvlari 25-28 sentyabr kulari bo‘lib o‘tadi. Unda “Paxtakor” – “Olimpik”, “Andijon” – “Neftchi”, “Navbahor” – “So‘g‘diyona”, “Dinamo” – “Surxon”, “Qizilqum” – “Metallurg”, “OKMK” – “Lokomotiv”, “Bunyodkor” – “Nasaf” bahslari bo‘lib o‘tadi.   

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA