Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Nasaf”ning irodali g‘alabasi
20:31 / 2015-02-25

Osiyo chempionlar ligasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan “Nasaf” jamoasi birinchi turda Eronning “Traktorsozi Tabriz” klubini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Osiyo chempionlar ligasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan “Nasaf” jamoasi birinchi turda Eronning “Traktorsozi Tabriz” klubini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

“D” guruhidan joy olgan jamoalarning o‘zaro uchrashuvi qizg‘in kurashlar ostida o‘tdi. Qarshidagi “Markaziy” stadionda kechgan o‘yinning 31-daqiqasida “Traktorsozi Tabriz” jamoasi a’zosi Edino hisobni ochdi. 46-daqiqada mezbonlar vakili Ilhom Shomurodov hisobni tenglashtirdi. O‘yinning 52-daqiqasida Hamza Karimov raqiblar darvozasiga ikkinchi to‘pni yo‘lladi. 

Guruh bahsida dastlabki uch ochkoni qo‘lga kiritgan “Nasaf” vakillari ikkinchi tur uchrashuvini 4-mart kuni safarda Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.