Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Nasaf” kutilmaganda yana ochko yo‘qotdi
10:11 / 2025-10-31

Futbol bo‘yicha Milliy chempionatimizning 27-tur uchrashuvlarini “Dinamo” – “Xorazm”, “Navbahor” – “Nasaf” klublari o‘rtasidagi o‘yin boshlab berdi.

Namangan shahridagi “Markaziy” stadionida o‘tgan “Navbahor” va “Nasaf” jamoalarining bahsi 0:0 hisobida durang bilan yakunlandi. Natijada Qarshi shahrining bosh jamoasi ochkolarini 58 taga yetkazib oldi. Mezbonlarning ochkosi esa 38 taga yetdi. 

Samarqandda o‘tkazilgan “Dinamo” – “Xorazm” bahsida 3:1 hisobi qayd etildi. Mazkur o‘yinda mezbonlarga g‘alaba keltirgan gollarga Jurani Ferreira, Behruzbek Oblaqulov va Xislat Halilov mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona golini Temurbek Ismoilov kiritdi.

Shu tariqa, “Dinamo” Superligada 52 ochko to‘plab, 4-pog‘onadagi o‘rnini yanada mustahkamladi. Darvoqe, mazkur jamoa hisobida bitta uchrashuv bor. “Xorazm” esa 27 uchrashuvda bor yo‘g‘i 24 ochkoga ega chiqib, 14-o‘rinda qoldi.

Milliy chempionatimizda bugun, 31 oktyabr kuni “Sho‘rtan” – OKMK bahsi bo‘lib o‘tadi. Ertaga 1 noyabr kuni esa “Andijon” – “Buxoro”, 2 noyabrda “Neftchi” – “Surxon”, “Mash’al” – “Qo‘qon-1912”, “So‘g‘diyona” – “Qizilqum”, 3 noyabr sanasida “Paxtakor” – “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlarga guvoh bo‘lamiz.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA