Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Nasaf” ayollar jamoasi “Al Nasr” klubi qizlarini mag‘lub etdi
16:13 / 2025-08-29

FOTOREPORTAJ

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida ayollar o‘rtasida Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi yo‘llanmasi uchun bahslar davom etmoqda. 

Qur’a natijalariga ko‘ra, Qarshining “Nasaf” ayollar jamoasi “B” guruhida Tailandning “College of Asian Scholars”, Nepalning “APF FC” hamda Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klublariga qarshi maydonda kuch sinashadi.

[gallery-25034]

Kecha “Nasaf” ayollar jamoasi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqish yo‘llanmasi uchun Saudiya Arabistonining “Al Nasr” jamoasi bilan bellashdi. Murosasiz o‘tgan o‘yin hamyurtlarimizning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Yagona golga 71-daqiqada Lyudmila Karachik mualliflik qildi. 

Eslatib o‘tamiz, birinchi uchrashuvda qizlarimiz Nepalning “APF FC” jamoasi darvozasiga 3 ta javobsiz to‘p yo‘llagan edi.

                                                                                                                            Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA