NASA Xalqaro fazoviy stansiyaga navbatdagi parvozni tasdiqladi
NASA Xalqaro kosmik stansiyaga navbatdagi ekipajni jo‘natish rejasini e’lon qildi, deb yozgan “Trend” axborot agentligi. Parvoz 13-fevral kuni amalga oshirilishi kutilyapti.
Ma’lumotga ko‘ra, “SpaceX” bilan hamkorlikda o‘tkazilgan uchishga tayyorgarlik sinovi muvaffaqiyatli yakunlangan.
Mutaxassislar havo sharoiti qulayligi darajasi 85 foizligini bildirgan. Faqat quyuq bulut asosiy xavf sifatida qayd etilgan. Bundan avval parvoz ikki marta qoldirilgan.
Ma’lum qilinishicha, yangi ekipaj a’zolari Xalqaro kosmik stansiyada taxminan sakkiz oy faoliyat yuritishi rejalashtirilgan. Hozir fazogirlar Kennedi koinot markazida karantin sharoitida qat’iy tayyorgarlik dasturi asosida mashg‘ulot o‘tamoqda.
Ekpertlar bu galgi parvozni xalqaro fazoviy dasturning inson ishtirokidagi yana bir muhim bosqichi sifatida baholagan.
D.Hakimov, O‘zA