Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
NASA kosmik zondi Quyoshga rekord masofada yaqinlashdi
11:32 / 2018-11-06

NASAga tegishli “Parker Solar Probe" kosmik zondi (Quyosh tojini oʻrganishga moʻljallangan ) Quyosh ilk bor rekord masofada yaqinlashdi.


NASAga tegishli “Parker Solar Probe" kosmik zondi (Quyosh tojini oʻrganishga moʻljallangan ) Quyosh ilk bor rekord masofada yaqinlashdi. 

NASA asoslanib, bu haqda RIA Novosti xabar beradi. 

“Dahshatli harorat va radiatsiya bilan toʻqnash kelgan kosmik zondimiz “Parker Solar Probe" AQSH Sharqiy sohillari vaqti bilan soat 22.28 da Quyoshga 15 million mil (24 million kilometrdan ziyod) masofada yaqin keldi”, deyilgan NASAning Tvitterdagi xabarnomasida. 

NASA maʼlumotlariga koʻra, soatiga 343 kilometr tezlikda harakatlanayotgan kosmik zond Quyoshga yaqin masofaning maksimal chegarasiga kelganda 19,9 million daraja issiqlikka dosh bergan. 

“Parker Solar Probe” zondi astrofizik Yujin Parker sharafiga nomlangan boʻlib, joriy yilning avgust oyida Yerdan koinotga parvoz qilgan edi. Hisob-kitoblarga koʻra, zond 7 yil davomida Quyosh atrofini 24 marotaba aylanib chiqadi. Kosmik apparat maksimal issiqlikka dosh beruvchi maxsus qalqon, kamera, Quyosh atmosferasining elektr va magnit maydonini tekshiradigan asboblar, “quyosh shamollari”ni kuzatidagan uskunalar bilan jihozlangan. 

Avvalroq NASA Quyoshdan olinadigan suratlar Yerga dekabr oyida yetkazilishini maʼlum qilgan edi.