Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
NASA: Antarktida ustidagi ozon yo‘lagi qisqargan
12:31 / 2025-11-27

NASA 2025 yil Antarktida ustidagi ozon teshigi qisqarganini e’lon qildi. Bu yo‘lak 1992 yildan beri ozon qatlamini buzadigan moddalarni taqiqlash bo‘yicha Monreal bayonnomasi ishlay boshlagandan beri eng quyi darajadagi yoriqlardan biriga aylangan.

Bu haqda NASA hamda Milliy okean va atmosfera ma’muriyati (NOAA) mutaxassislari qo‘shma bayonotda xabar berishdi.

Ma’lumotga ko‘ra, hajmi bo‘yicha mazkur ob’ekt shu davrda beshinchi ko‘rsatkichni qayd etgan. Ozon qatlami eng kuchli yemirilgan davrda, ya’ni 7 sentyabr-13 oktyabr oralig‘ida bir kunlik eng yuqori qiymat 9 sentyabr kuni kuzatilib, qariyb 23 million kvadrat kilometrga yetgan. Bu 2006 yildagi rekorddan taxminan 30 foiz kichik.

G.Sattorova, O‘zA