Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Narzulla Jo‘rayev: Tarbiyachining o‘zi ham tarbiyalangan bo‘lishi kerak! (+video)
18:41 / 2024-05-16

Ustoz 

“Ba’zan hayotda turli kutilmagan holatlar bo‘ladi, ruhiy tushkunlikka tushasiz. Bunday paytda ta’lim, universitet sizni asray olmaydi. Ustoz o‘giti, ustoz sabog‘i sizni asraydi, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi. O‘zimning boshimdan o‘tgan ana shunday kunlar. Ustozimning sabog‘i, o‘giti bilan tanazzuldan chiqib olganman... 

Ustozning sabog‘i hayotdagi o‘rnimizni, borlig‘imizni belgilab beradi. Lekin ustoz degan sharafli nomga munosib bo‘lmaganlar ham bor. Pedagoglar orasida shunday gap bor: tarbiyachining o‘zi ham tarbiyalangan bo‘lishi kerak! O‘zi tarbiyalanmagan bo‘lsa, o‘zi tarbiyaga muhtoj bo‘lsa, u qanday tarbiyalaydi!? 

Hozir olimlar Yevropa sivilizatsiyasi tugadi, degan fikrga borishyapti. Sivilizatsiyani inqirozga olib kelgan narsa faqat axloqsizlik, odobsizlik, ma’naviy qashshoqlik, bugun uchun yashash kayfiyatidir. Biz bundan saboq chiqarishimiz kerak”. 

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligidagi “Ustoz” loyihasi mehmoni professor olim Narzulla Jo‘rayevning mulohazalari bilan quyidagi videohavolada batafsil tanishishingiz mumkin. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/A9gulbcQEjo" title="Narzulla Joʻrayev: Tarbiyachining oʻzi ham tarbiyalangan boʻlishi kerak!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Komilova, A.Ahmedov, O‘zA