Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Narxlar barqarorligini ta’minlash yuzasidan aniq vazifalar belgilandi
16:43 / 2022-07-25

Buxoro neftni qayta ishlash zavodida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 17 iyuldagi “Aholini neft mahsulotlari bilan ta’minlashning uzluksizligini va narxlar barqarorligini ta’minlash to‘g‘risida”gi bayonnomasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda xom ashyo xarid qilish hajmini oshirish, mamlakatimiz iste’molchilarini neft mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash uchun kamida olti oylik tayyor mahsulot yetkazib berishni ta’minlash, ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish va ishlab chiqarish hajmini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, GTL naftani jalb qilish orqali benzin ishlab chiqarishga oid asosiy masalalar muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga joriy yilning 22 iyul kuni GTL sintetik naftasining birinchi partiyasi qabul qilingan. Undan tegishli qo‘ndirma (prisadka)lardan foydalangan holda avtobenzinning mashhur markalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Ichki bozorda avtobenzin va dizel yonilg‘isi taqchilligi vujudga kelishi va buning oqibatida respyblika ta’minotidagi uzilishlarning oldini olish maqsadida, joriy yilning 15 iyulidan boshlab yil yakuniga qadar respublika korxonalarida ishlab chiqarilgan 2710 TIF TN kodiga mansub avtobenzin va dizel yonilg‘isi eksporti ta’qiqlangan. Shuningdek, bunda avtobenzin va dizel yonilg‘isini tegishli topshiriqlar va grafiklar asosida sotish faqat ularni ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan eksport shartnomalari (shyningdek, birjada tuzilgan shartnomalar) asosida amalga oshiriladi.

Yig‘ilishda zavod rahbariyatiga joriy yil yakuniga qadar neft mahsulotlarini ishlab chiqarish prognoz ko‘rsatkichlarini to‘liq bajarish bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Buxoro neftni qayta ishlash zavodi “O‘zbekiston Respyblikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJ bilan birgalikda joriy yilning 15 iyulidan 1 avrystiga qadar kunlik birja savdolariga qo‘yiladigan avtobenzin hajmini mavjud resurslardan kelib chiqqan holda qayta ko‘rib chiqish vazifasi yuklatildi.

Shuningdek, neft bazalar omboridan birja savdolari orqali xarid qilib olingan avtobenzinni o‘z vaqtida iste’molchilarga yetkazib berishni ta’minlash uchun, zavod tomonidan tasarrufdagi neft bazalariga zarur avtobenzin miqdorlarini yuklab berish yuzasidan jadval (grafik) ishlab chiqish va ijrosini qat’iy nazoratga olish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda zavodning sanoat quvvatlarining uzluksiz ishlashi va muntazam mahsulot yetkazib berilishini ta’minlash, neft mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish, zarur zaxiralarni shakllantirish yo‘lida barcha choralar ko‘rilishi bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Bundan tashqari, noqulay iqlim sharoiti (yuqori harorat)ni hisobga olib, ob’ektlarni muhofaza qilish va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etilishi, mehnatni muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligi, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha talablarga alohida e’tibor qaratish, ishlab chiqarish faoliyatini doimiy nazorat qilish jarayonlariga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

Zarif Komilov, O‘zA