Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Narxlar barqarorligi ta’minlanmoqda
11:50 / 2023-12-23

FOTOREPORTAJ

Bayram shukuhi kezib yurgan ayni kunlarda Termiz shahrining “Yashil dunyo” dehqon bozorida barcha turdagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini aholiga arzon narxlarda yetkazib berish maqsadida an’anaviy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi. 

Yarmarkada 40 dan ortiq turdagi oziq-ovqat, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, bog‘dorchilik, qishloq xo‘jaligi hamda qandolatchilik mahsulotlari arzon narxlarda sotilmoqda. 

[gallery-15180]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 28 fevraldagi “Ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlash va aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlash hamda viloyat ahlini asosiy turdagi oziq-ovqatlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlashga qaratilgan ishlar yil davomida amalga oshirilmoqda.

Bayrami arafasida viloyatning barcha shahar va tuman markaziy bozorlari, aholi gavjum joylarda barcha turdagi arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va bog‘dorchilik, oziq-ovqat, go‘sht, sut mahsulotlari yarmarkalari hamda olis qishloqlar aholisi uchun ko‘chma savdo do‘konlari tashkil etilgan. 

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA