Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Narxlar barqaror, xalqimiz rozi boʻlsin
19:39 / 2020-03-30

Yurtimizda ham bu borada aniq chora-tadbirlar belgilab olingan.


Bugun dunyoda “COVID – 19” koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi qatʼiy kurash olib borilmoqda. Yurtimizda ham bu borada aniq chora-tadbirlar belgilab olingan.

Davlatimiz rahbari tomonidan “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonining imzolanishi mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligini taʼminlashdagi muhim dasturilamal boʻldi.

Navoiy viloyat Davlat soliq boshqarmasi va uning hududiy inspeksiyalari tomonidan dehqon bozorlar va yirik savdo majmualarida narxlarning barqarorligini taʼminlash, xalqimizni rozi qilish maqsadida Bosh prokuratura huzuridagi departamentning viloyat boshqarmasi hamkorligida maxsus ishchi guruh tuzilib, doimiy monitoring va nazorat tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Afsuski, el boshiga ish tushgan bir paytda vaziyatdan ustamonlik bilan foydalanmoqchi boʻlgan ayrim “tadbirkor”lar faoliyatiga chek qoʻyildi. Yaʼni, narxlarni sunʼiy ravishda oshirish yoki noqonuniy savdo faoliyati bilan shugʻullanish holatlari kuzatildi. Xususan, oʻtgan davr mobaynida ishchi guruh tomonidan viloyat Davlat soliq boshqarmasining “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan murojaatlar yuzasidan 10 holat boʻyicha rasmiy bayonnomalar tuzilib, qariyb 4,5 million soʻmlik qishloq xoʻjaligi mahsulotlari vaqtincha olib qoʻyildi.

Bu kabi holatlar sodir etilmasligi uchun soliq xizmati organlari xodimlari oʻzlariga biriktirilgan hududlarda doimiy nazorat tadbirlarini olib bormoqda.

Shuningdek, boshqarma va uning quyi tuzilmalarida sanitariya-osoyishtalikni taʼminlash maqsadida kirish postlarida doimiy navbatchilik oʻrnatilgan boʻlib, binoga kirib-chiqayotgan xodimning tana haroratini oʻlchash va qoʻllarni antiseptik vositalar bilan dizenfeksiya qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Inoyat MUHAMMADIYEV,
Navoiy viloyat Davlat soliq boshqarmasi
boshligʻi oʻrinbosari