Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Narpaylik ota 324 million 579 ming so‘m aliment to‘ladi
18:53 / 2022-04-27

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2015 yil 24 iyuldagi qaroriga asosan qarzdor E.D.dan undiruvchi O‘.M. foydasiga ikki nafar farzandining ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan va sud qaroriga asosan ijro hujjati Byuroning Narpay tumani bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.

– Mazkur ijro hujjatiga asosan qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida” gi Qonunning 21, 87-moddalariga asosan tegishli tashlikotlarga so‘rovnomalar yuborildi va olingan ma’lumotlarga asosan barcha mol-mulklariga taqiq qo‘yildi, – deydi Majburiy ijro byurosi Narpay tumani bo‘limi davlat ijrochisi Shavkat Murtazoyev. – Shundan so‘ng, hujjat ijrosini ta’minlash mobaynida olib borilgan tushuntirishlar natijasida qarzdor ota farzandlari ta’minoti uchun ular voyaga yetguniga qadar hisoblangan 324 million 579 ming so‘m aliment pulini oldindan to‘ladi.

O‘zA