Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.
Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.
Narpay tumani hokimi lavozimida ishlagan Sh.Bo‘ronov shu yilning avgust oyida Samarqand viloyati hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
Viloyat hokimi tavsiyasiga ko‘ra, Boliyev Anvar Begimovich Narpay tumani hokimi etib tasdiqlandi.
A. Boliyev shu paytgacha Narpay tumani hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat ko‘rsatgan.
Sessiyada viloyat hokimi Narpay tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarni tahlil qilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi.
G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri