Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Narpay tumanida ochiq elektron tanlov orqali yer uchastkalari ijaraga berilmoqda
14:39 / 2022-02-24

Prezidentimizning 2021 yil 23 noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori aholining daromad topishiga qaratilgan tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga, agrar sohada o‘z biznesini tashkil etishga xizmat qiladi.

Jumladan, Narpay tumanida dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ochiq elektron tanlov orqali yer uchastkalarini ijaraga berish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Narpay tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2-sektor shtabi, Mushkent, Mangit, Beklar singari mahalla fuqarolar yig‘inlarida "O‘zimiz keldik" loyihasi doirasida tashkil etilgan sayyor davlat xizmatlari tadbirlari ham ijtimoiy daftarlarda turgan aholi qatlami, ayniqsa, yoshlar uchun har tomonlama manfaatli bo‘ldi.

Tadbirda mazkur mahalla va unga yondosh hududlardagi dehqon xo‘jaligini tashkil etishni maqsad qilgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan ehtiyojmand oilalarga elektron raqamli imzo kalitlari bepul berilib, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berilishi, o‘z tomorqasida meva-sabzavotchilik, poliz mahsulotlarini yetishtirish va uzumchilik qilish uchun auksionda qatnashish bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar olib borildi.

–Ta’kidlash kerak, hozirgacha tuman Davlat xizmatlari markazi orqali 990 nafardan ortiq fuqaroga elektron raqamli imzo kalitlari rasmiylashtirilib berilgan, – deydi markaz direktori Alisher G‘aniyev. –  Ularning 94 nafari dehqon xo‘jaligini tashkil etish uchun ochiq elektron tanlov orqali yer olish istagini bildirgan ijtimoiy daftarlarga kiritilgan narpayliklardir. Jumladan, sayyor tartibda "Ayollar daftari"da turuvchi 4 nafar, "Temir daftar"ida turuvchi 14 nafar hamda "Yoshlar daftari"da ro‘yxatda turuvchi 75 nafar fuqarolarga ana shunday ERI kalitlari  bepul tarqatildi.

O‘zA