Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Narpay tumanida firibgarlik holati fosh etildi
13:38 / 2026-03-03

Samarqand viloyatining Narpay tumanida yashovchi “Dilshod” ismli shaxs fuqaro A.Sh. ga o‘zini Paxtachi tumani IIB kiberxavfsizlik bo‘limi xodimi sifatida tanishtirib, yuqori lavozimdagi tanishlari orqali uni ishga joylashtirib qo‘yishini aytib, buning evaziga 1500 AQSH dollari talab qilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu shaxs fuqarodan 1500 dollarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri