Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Naqshbandiya: taraqqiyot yo‘llari
10:29 / 2022-09-29

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 10 noyabrdagi qarori bilan 1993 yilning sentyabrida Xoja Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi xalqaro miqyosda nishonlandi. O‘shanda bu mustaqillik yillarida diniy-tasavvufiy yo‘nalishda faoliyat olib borgan ajdodlarimiz tavallud sanasining ilk bor tantana qilinishi edi.

1994 yildan boshlab har yili sentyabr oyida Bahuoddin Naqshband yodgorlik majmuasi markazida an’anaviy naqshbandxonlik  respublika  ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazib kelinadi.

Yaqinda Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi, Buxoro davlat universiteti hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida “Naqshbandiya tariqatining taraqqiyot yo‘llari” mavzusida Xoja Bahouddin Naqshband Buxoriy tavalludining 704 yilligiga bag‘ishlangan  29-an’anaviy naqshbandxonlik  respublika  ilmiy-amaliy onlayn anjumani o‘tkazildi.

“Naqshbandiya” jurnali bosh muharriri, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi S. Olim moderatorligida o‘tgan tadbirda 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori M. Komilov, O‘zbekiston Respublikasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, tarix fanlari doktori  D. Maqsudov, Buxoro viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari E. Majidov Buxoro davlat universiteti rektori, iqtisod fanlari doktori, professor O. Hamidov tabrik so‘zladi. 

O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi bo‘limi mudiri, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, taniqli shoir M. Kenjabek, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori M. Hasaniy, katta ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori K. Rahimov,  doktorant, tarix fanlari nomzodi, dotsent I. Usmonov, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Manbashunoslik va tasavvuf germenevtikasi” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori B. Umurzoqov, Buxoro davlat universiteti professori, tarix fanlari doktori H. To‘rayev, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti “Ekologiya va antropologiya” markazi tayanch doktoranti Sh. Bobojonov, fizika-matematika fanlari nomzodi, fantast yozuvchi O. Mo‘min, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti doktoranti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori F. Olim, Buxoro davlat universiteti “Islom tarixi  va manbashunosligi” kafedrasi mudiri, falsafa fanlari doktori, dotsent B. Namozov, Bahouddin Naqshband jome masjidi imom xatibi, Mir Arab madrasasi mudarrisi A. Buxoriy, filologiya fanlari nomzodi S. Olim anjuman yo‘nalishiga doir dolzarb mavzularda ma’ruza qilishdi. 
Shoirlar ishtirokida mushoira ham o‘tkazildi.

Anjumanda mustaqillik yillarida mamlakatimizda fanimizning  naqshbandshunoslik yo‘nalishi yangidan shakllangani va tobora rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Shuningdek, sohani rivojlantirish bilan bog‘liq konstruktiv taklif va mulohazalar ilgari surildi.

Dilnoza UMAROVA, 
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti o‘qituvchisi