Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Naqd pulni o‘z vaqtida kassaga kirim qilgan tadbirkor jarimaga tortilmaydi
17:47 / 2022-05-21

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan “Soliq hamkor” va keshbek tizimi – samarali jamoatchilik nazorati olib borishda muhim omil” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalarida faoliyat ko‘rsatuvchi jurnalistlar, blogerlar ishtirok etdi.

Matbuot anjumanini viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Nazarjon Polvonov ochib, davlatimiz rahbarining o‘tgan yil 4 oktyabrda qabul qilingan. "Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori doirasida viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berdi. Xususan, keshbek amaliyoti doirasida joriy yil 1-choragida ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar uchun fuqarolarga respublika bo‘yicha 68,1 milliard so‘m, Farg‘ona viloyati bo‘yicha esa 4,8 milliard so‘m keshbek to‘lab berildi.

Anjumanda ta’kidlanganidek, davlat byudjetidan shuncha mablag‘ sarflab keshbek tizimini joriy qilishdan asosiy maqsad fuqarolarimizda kassa cheki olish madaniyatini shakllantirish va bu orqali noqonuniy pul aylanmasini kamaytirish hamda byudjetga soliq tushumlari hajmini oshirishdir. 

Shuningdek, iqtisodiyotda xufiyona aylanmani qisqartirish, sohada ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishni ta’minlash maqsadida “Soliq hamkor” tizimi joriy etildi. Naqd pulga savdo qilganda chek bermaslik, plastikka savdo qilmaslik, hujjatsiz faoliyat yuritish kabi soliqqa oid huquqbuzarliklar borasida mazkur tizim orqali Farg‘ona viloyatida joriy yil 1 yanvardan 19 mayga qadar fuqarolardan 2 ming 300 dan ortiq murojaatlar kelib tushganligi qayd etildi.

Soliq idoralari tomonidan qonuniy ishlayotgan tadbirkor asossiz jarimaga tortilmasligi ta’kidlandi. Chek bermaslik holati bo‘yicha murojaat kelib tushgach, soliqchi borib tekshirish o‘tkazsa, o‘z-o‘zidan jarima qo‘llaniladi degani emasligi, agar o‘sha vaziyatda chek bermaslik holati tasdiqlansagina jarima qo‘llanilishi mumkinligi eslatib o‘tildi.

Qizg‘in bahs-munozalarga boy bo‘lgan matbuot anjumanida OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldi.

M. Sulaymonov, O‘zA