FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanining chegara hududida joylashgan Nanay qishlog‘ida “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy festival bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mamlakatimizda yoshlarning bilim olishi, sport va tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida so‘z yuritilib, ushbu shart-sharoitlardan unumli foydalanish yoshlarning muhim vazifasi ekani ta’kidlandi.
Festival doirasida tashkil etilgan konsert dasturi, harbiylar chiqishi, Viloyat drama teatri jamoasi tomonidan namoyish etilgan sahna ko‘rinishlari, “Zakovat” intellektual o‘yini, shaxmat, futbol, boks, kurash musobaqalari, “Milliy osh” tanlovi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan tayyorlangan kompozitsiyalar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
[gallery-27322]
Tadbirda viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov boshchiligida viloyat huquq-tartibot organlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA