Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nanayda bunyodkorlik ishlari qizg‘in bormoqda
16:51 / 2023-07-07

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyatidagi so‘lim manzillardan sanalgan Nanay qishlog‘ining turistik jozibadorligini oshirish maqsadida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yil bahorida viloyat rahbari tashabbusi bilan Nanaydagi Do‘stlik mahallasida cho‘milish havzalarini qurish, qishloqdan oqib o‘tuvchi Podshootasoy qirg‘oqlarini obodonlashtirib, salomatlik yo‘lakchasini, bir yarim gektar maydonda ochiq plyaj barpo etish hamda qator dam olish maskanlarini yaratish ishlari boshlangan edi.

Namangan viloyat hokimi o‘rinbosari B. Nuriddinov boshchiligida ishchi guruh mazkur loyihalarni amalga oshirish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. O‘rganish davomida loyihalar tashabbuskorlari bilan mavjud muammo va takliflari yuzasidan suhbatlashildi, ob’ektlarni belgilangan muddatda topshirish uchun tadbirkorlarga ko‘maklashish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

[gallery-12636]

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA