Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nanay turizm qishlog‘iga aylanadi
06:24 / 2023-02-25

“Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati” (GIZ)ning “O‘zbekiston hududlarida iqtisodiy islohotlar va iqtisodiy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi rahbari Beate Shoreit, maslahatchi Rebekka Raepple va loyihaning Farg‘ona vodiysi assistenti Muqaddas Nazarova, Helvetas Mascontour konsorsiumi “Farg‘ona vodiysining 3 hududida turizmni rivojlantirish” loyihasi rahbari Mayeve O‘brian, viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi vakillari Namangan viloyatining turistik salohiyati yuqori bo‘lgan Yangiqo‘rg‘on tumani Nanay qishlog‘iga tashrif buyurdi.

Bu yerda ular dam olish maskanlari, oilaviy mehmon uylari va turizm ob’ektlarida bo‘lib, tadbirkorlik sub’ektlari bilan turizmni rivojlantirish hamda xizmat turlarini kengaytirish yuzasidan o‘zaro fikr almashdi.

Viloyat hokimi o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig‘i B. Nuriddinov Nanayda qishloq turizmini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar muhokamasi yuzasidan hamkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA