Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nanay qishlog‘idagi “Uyqudagi malika”
16:40 / 2020-12-11

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan Nanay qishlog‘ida ekoturizmni rivojlantirish borasidagi harakatlar boshlanganiga uch yildan oshdi. Lekin, bu ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish uchun ko‘p imkoniyatlar mavjud.

Shu jihatdan olib qaraganda, Nanayni uxlab yotgan imkoniyatlar maskaniga, tom ma’noda “uyqudagi malika”ga o‘xshatsa bo‘ladi.  

Nanay qishlog‘ining Ko‘ksaroyidan qarama qarshi tarafga qarasangiz adirlarda uyqudagi go‘zalni ko‘rasiz, ya’ni bu joy “Uyqudagi malika” nomi bilan yuritiladi. Uning tarixi haqida xalq orasida quyidagi rivoyat yuradi:

 Nanayliklar qadimdan chorvachilik, ovchilik, dehqonchilik va hunarmandchilik bilan mashg‘ul bo‘lgan. Ularning boy-badavlat hayotiga hasad qilgan ko‘chmanchi qabilalar bu yurtga egalik qilish uchun bostirib keladi. Mohir jangchi bo‘lgan nanayliklar o‘z yurtini mardonavor himoya qiladi. Biroq dushman qo‘shinlari son jihatdan ustun bo‘lgani sabab g‘alaba qozonadi. Nanay qabilasi sardorining qizigina bir necha dugonalari bilan omon qoladi. 

[gallery-387]

Dushman sarkardasi zardushtiy malikani zo‘rlik bilan o‘z nikohiga olmoqchi bo‘ladi. Sarkash malika dugonalari bilan qurollanib tog‘ bag‘ridagi g‘orga yashirinadi. Malikani olib kelish uchun yuborilgan dushman askarlari g‘ordan qaytib chiqmaydi. Bu ahvol bir necha marta takrorlangach, dushman sarkardasi g‘orga kirish joyini tog‘ toshlari bilan berkitib tashlaydi. Oradan yillar o‘tib, tog‘ cho‘qqisida “Uyqudagi malika” paydo bo‘ladi.

 

 

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA