Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namunaviy maktablar
18:44 / 2017-10-19

Mamlakatimizning barcha hududlarida Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha namunaviy maktab loyihasini amalga oshirmoqda.

Mamlakatimizning barcha hududlarida Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha namunaviy maktab loyihasini amalga oshirmoqda.

Poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 324-umumta’lim maktabi ham ana shunday namunaviy maktabga aylantirildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Q.Quronboyev, xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari A.Sa’dullayev va boshqalar davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning shu yil 5-iyuldagi «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi farmoni mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqqanini alohida ta’kidladi. 

Ayniqsa, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, bilim olishi, kasb-hunar egallashini, qat’iy hayotiy pozitsiyaga ega, har tomonlama sog‘lom va barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishini ta’minlash, uyushmagan yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishida ko‘maklashish, ularni kasbga yo‘naltirib, bandligini ta’minlash borasida ko‘plab choralar ko‘rilmoqda. 

– Davlatimiz rahbarining joriy yil 30 sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq mamlakatimizning barcha hududlarida bittadan maktab saralab olinib, namunaviy maktabga aylantirilmoqda, – deydi maktab direktori B.Po‘latova. – Maktabimizning ana shunday namunaviy maktabga aylantirilganidan xursandmiz. Mazkur loyiha asosida maktabimizda «Zakovat» intellektual o‘yini, «Muvaffaqiyat maktabi», «Munozara klubi», «Barkamol qizlar klubi» mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yilib, bu loyihalar o‘quvchi-yoshlarning dunyoqarashini boyitishga va intellektual salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. 

Mazkur loyihadagi mashg‘ulotlarni maktabning yoshlar yetakchilari xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi va klub sardorlari bilan hamkorlikda olib boradi. Unda 6-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladi. 

Tadbir doirasida namunaviy maktablarda jamoat kengashi va o‘quvchi-yoshlar bilan samarali ish olib borish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan mahorat darslari o‘tkazildi.