Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namunali yetakchilar taqdirlandi
18:05 / 2023-12-22

Poytaxtimizda mahallalardagi yoshlar yetakchilari o‘rtasida “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zining shaxsiy fazilatlari bilan yoshlarga namuna bo‘layotgan va ularga yetakchilik qilayotgan mahallalardagi yoshlar yetakchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda 9 444 nafar yoshlar yetakchilari orasidan “Yilning eng namunali mahalla yetakchisi” tanlovining saralash bosqichlari tashkil etilib, respublika bosqichiga 10 ta yo‘nalishdan 140 nafar hududiy bosqich g‘oliblari tavsiya etildi. 

Tanlov 10 ta yo‘nalish uchun atalgan 10 ta sho‘balarga bo‘lingan holda boshlandi. 

[gallery-15173]

Jumladan, “Yoshlar balansi” tizimi asosida samarali ish tashkil etgan eng namunali mahalla yetakchisi”, “Yoshlar daftari” tizimi asosida samarali ish tashkil etgan eng namunali mahalla yetakchisi”, “Yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etgan eng namunali mahalla yetakchisi”, “Alohida e’tiborga muhtoj yoshlar bilan samarali ishlagan eng namunali mahalla yetakchisi”, “Yoshlarning tadbirkorlik g‘oyalarini amalga oshirishda va bandligini ta’minlashda samarali ko‘maklashgan eng namunali mahalla yetakchisi”, “Tashqi mehnat migratsiyasidan qaytgan yoshlar bilan samarali ishlagan eng namunali mahalla yetakchisi”, “Huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan va jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoshlar bilan tizimli ishlagan eng namunali mahalla yetakchisi”, “Iqtidorli va intellektual faol yoshlar bilan samarali ishlagan eng namunali mahalla yetakchisi”, “Kasb-hunarlar tanlovini yuqori saviyada tashkil etgan eng namunali mahalla yetakchisi” hamda “Yoshlarga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilgan va sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etgan eng namunali mahalla yetakchisi” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi. 

Tanlovda yoshlar yetakchilarining faoliyati amalga oshirgan ishlarining natijadorligi va o‘z ustida ishlab, shaxsiy rivojlanishida ko‘rsatgan natijasiga qarab baholandi. 

G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi. 

Gulnoza Boboyeva, Nosirjon Haydarov(surat), O‘zA