English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namoyishchilar Vellington shahridagi Yangi Zelandiya parlamenti binosini qurshab oldi
08:32 / 2022-02-09

“New Zealand Herald” gazetasi xabariga ko‘ra, COVID-19 chekloviga qarshi minglab namoyishchilar Vellington shahridagi Yangi Zelandiya parlamenti binosini qurshab olgan.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, bugun ertalab mamlakatning turli mintaqalaridan Vellingtonga kelgan namoyishchilar korteji parlament atrofidagi ko‘chalarda transport harakatini to‘sib qo‘ygan.

Ta’kidlanishicha, guruh hukumat tomonidan COVID-19ga qarshi kurash bo‘yicha o‘rnatilgan amaldagi qoida va cheklovlarga, jumladan, majburiy emlash talabiga qarshi norozilik bildirmoqda. Namoyishchilarga ko‘ra, ular norozilik aksiyasini bir necha kun davom ettiradi.

O‘z navbatida, Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern namoyishchilar bilan muloqotga kirishish niyatida emasligini aytdi.

Yanvar oyi oxirida Yangi Zelandiyada koronavirusning omikron variantini yuqtirishning 12 ta holati aniqlangani sababli cheklovlar joriy qilingan edi, — deb yozadi “TASS”.

Ulug‘bek Mahmirzayev