Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namoyishchilar Kanadani AQSH bilan bog‘lovchi ko‘prikni to‘sib qo‘ydi
14:30 / 2022-02-09

COVID-19 chekloviga qarshi norozilik bildirgan kanadaliklar Ontario provinsiyasini Michigan bilan bog‘lovchi Ambassador ko‘prigini yopib qo‘ydi, — deya xabar bermoqda CBS.

Ko‘prik yuk mashinalari, pikap va yengil avtomobillar bilan to‘silgan. Qatnov uchun faqat birgina yo‘lak bo‘sh, shu orqali AQSHdan Kanadaga o‘tish mumkin. Telekanal ma’lum qilishicha, kishilar Ottavada namoyish o‘tkazayotgan og‘ir yuk mashinalari haydovchilarini shunday qo‘llab-quvvatlamoqda.

Ambassador ko‘prigi Kanadadan AQSHga boradigan eng gavjum yo‘l. Politsiya xodimlari bu yerda harakatni tiklashga harakat qilmoqda.
Kanadalik uzoq yo‘lga yuruvchi haydovchilar 29 yanvar kuni Ottavada norozilik namoyishini boshlagan edi. Ular federal va mintaqaviy hokimiyatlarni barcha COVID-19 cheklovlarini olib tashlashga chaqiryapti.