Namibiya Prezidenti vafot etdi
Namibiya Prezidenti Xage Gotfrid Geyngob 4 bugun 82 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi “Trend”.
Hukumat matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, u hayotining so‘nggi damlarini kasalxonada rafiqasi va bolalari qurshovida o‘tkazgan.
Yanvar oyida davlat rahbari idorasi Geyngobga saraton tashhisi qo‘yilganini e’lon qilgandi.
Namibiyada muvaqqat prezident lavozimini vitse-prezident Nangolo Mbumba egallaydi.