Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Namangansement” MCHJ – “Eng yaxshi ishlab chiqaruvchi” nominatsiyasi g‘olibi
17:51 / 2023-12-27

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi matbuot xizmatiga ko‘ra, joriy yil yakuniga qadar sohada ishlab chiqarish hajmi 34,2 trillion so‘mni, o‘sish surati esa 111,5 foizni tashkil etishi kutilmoqda. Sohaning mamlakat sanoatidagi ulushi 5,9 foizni ko‘rsatadi. Mahsulotlar eksport hajmlari 645 million dollarga yetkaziladi va o‘sish sur’ati 105,5 foizga oshiriladi.

Davlatlar kesimida tahlil qilinganda, eksport qilingan mahsulotlarning 34,5 foizi Qozog‘iston, 17,4 foizi Qirg‘iziston, 12,6 foizi Tojikiston, 12,3 foizi Rossiya Federatsiyasi, 4,2 foizi Turkmaniston, 3,2 foizi Litva va 2,3 foizi Xitoy davlatlariga to‘g‘ri kelgan. 

Shuningdek, “Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” doirasida joriy yilda mahsulot sotib olish va sotish bo‘yicha 20 milliard so‘mlik shartnomalar tuzishga erishildi. Sohada 2,1 milliard dollarlik investitsiyalar, shundan 1,3 milliard dollarlik xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilgan. 

Ana shunday erishilgan natijalardan kelib chiqib, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan bir qator yo‘nalishlarda ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi. Unda "Yil brendi", "Eng yaxshi eksportchi", "Eng yaxshi ishlab chiqaruvchi", "OAVning eng yaqin hamkori" nominatsiyalarida g‘oliblar ovoz berish yo‘li bilan aniqlandi. 

14 kun davomida o‘tkazilgan so‘rovnomada 200 mingga yaqin ovoz berildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Binokor temir-beton servis” MCHJ QK “Yil brendi”, “PERGAMENT QUALITY EXCLUSIVE” MCHJ “Eng yaxshi eksportchi”, “Namangansement” MCHJ “Eng yaxshi ishlab chiqaruvchi”, “ARTON” kompaniyasi "OAVning eng yaqin hamkori", “UCG” kompaniyasi va “Xuaksin sement Jizzax” MCHJ XK “Uyushmaning yaxshi hamkori” nominatsiyalari bo‘yicha e’tirof etildi. 

Bugun “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida tanlov g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda uyushma rahbar-xodimlari, tadbirkorlar va OAV vakillari ishtirok etdi. 

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA