English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganning sanoatdagi salohiyati yuksak baholandi
17:49 / 2025-07-14

FOTOREPORTAJ

Namangan shahrida “Yevroosiyo yuragiga sayohat” xalqaro ekspeditsiyasi ishtirokchilari tantanali kutib olindi. Tadbir 64-Xalqaro gullar festivali doirasida tashkil etilgan bo‘lib, “Yengil sanoat – mintaqaviy yetakchilik asosi” mavzusida biznes-forum ham o‘tkazildi.

Ekspeditsiya tarkibida Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus, Tojikiston, Vengriya, Germaniya, Fransiya kabi mamlakatlardan kelgan nufuzli olimlar, tadqiqotchilar, jurnalistlar, blogerlar va tadbirkorlar bor.

[gallery-24306]

Tadbirda Namangan viloyat hokimi o‘rinbosari Botir Nuritdinov so‘zga chiqib, hududning sanoat salohiyati, eksport imkoniyatlari, investitsiya muhiti hamda madaniy turizm borasidagi yutuqlarni sanab o‘tdi.

“Yengil sanoat – mintaqaviy yetakchilik asosi” mavzusida biznes- forumida Amazon, Alibaba, Wildberries, Uzsotton kabi xalqaro kompaniyalar vakillari, shuningdek, Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan eksportchi korxonalar ishtirok etdi. Forumda raqamlashtirish, logistika, xalqaro bozorlarga chiqish va ilg‘or tajribalar bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi. Ishtirokchilar Namanganning sanoat va ishlab chiqarishdagi salohiyatini yuksak baholadilar.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA