Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganliklar tashkillashtirilgan tartibda ishlash uchun Rossiyaning Amur o‘lkasiga yuborildi
17:14 / 2021-11-26

Rossiya Federatsiyasiga fuqarolarni tashkillashtirilgan va tartibli ishga yuborish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hamda Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida Hukumatlararo “Pilot” loyihasi imzolangan.

Mazkur loyihani amalga oshirish yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Namangan viloyati filialida Rossiya hududidagi “Stroy Kraft”, “Pik industriya”, “Anastroy”, “PSP” kabi bir qator yirik ish beruvchilari tomonidan tanlov jarayonlari o‘tkazilmoqda.

Joriy yil yakuniga qadar loyiha asosida viloyatdagi  ming nafar fuqaroni Rossiya Federatsiyasiga ishga yuborish, ularning rasmiy bandligini ta’minlash, xuquqlarini himoya qilish, fuqarolar bilan manzilli ishlash maqsad qilingan.

Ish beruvchi tomonidan migrant fuqarolarga ketish xarajatlari, ish joyiga borgach uch mahal issiq ovqat, ishchi kiyim bosh, yotoqxona bilan bepul ta’minlanib, oylik ish haqi kasb mutaxassisligiga qarab o‘rtacha 500-800 dollar miqdorida to‘lanadi. Qonuniy tartibda ishga yuborilayotgan barcha migrantlarning ijtimoiy himoyasi ta’minlanadi.

[gallery-4822]

Kuni kecha "Pilot" loyihasi doirasida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Namangan viloyati filiali tomonidan tashkillashtirilgan kuzatuv tadbirida yuz nafar fuqaro Rossiya Federatsiyasining Amur o‘lkasiga ishga jo‘natildi.

Kuzatuv jarayonida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, “Istiqbolli avlod” nodavlat notijorat tashkiloti, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha fuqarolarga tegishli tushuntirish va maslahatlar berildi.

Ma’lumot uchun, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Namangan viloyati filiali tomonidan Rossiya Federatsiyasida qurilish sohasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun tanlov jarayonlari davom etmoqda.

 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA